“Real”ga qaytmasam bo‘lmaydi!

  • 14.02.2026 07:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasida “Bornmut” klubi sharafini himoya qilib kelayotgan himoyachi Aleks Ximenes yaqin kelajakda “Real” safida to‘p tepishni orzu qilayotganini aytdi.

- Hozir men to‘liq “Bornmut”ga e’tibor qaratganman. Lekin kelajakda, albatta, Madridga qaytib, “Real”da o‘ynashni xohlayman. Bu mening uyim, men barchasini “Real”da o‘rgandim, - dedi Aleks Ximenes Mundo Deportivo nashri jurnalistlari bilan suhbatda.

20 yoshli Ximenes “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq asosiy tarkibga kira olmagan va birorta o‘yin o‘tkazmagan futbolchi 2024 yilda klubni tark etdi. O‘shanda “Milan” o‘ng qanot himoyachisi uchun 14 million evrodan sal ko‘proq pul to‘lab, uni Italiyaga olib ketgandi.

“Bornmut” Ximenesni o‘tgan yozda ijaraga taklif qildi va qishki transferlar davrida uni o‘z safiga to‘liq qo‘shib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!