
“Real”ga uchta zo‘r futbolchi topib berishdi
“Real” kelasi mavsum oldidan himoya chizig‘ini mustahkamlaydi. Klub xo‘jayini Florentino Peres yangi o‘yinchilarni tanlash vakolatini selektsiya xizmati rahbariJuni Kalafatga topshirgan.
Bu mutaxassis yosh o‘yinchilarni kashf etish mahorati bilan tanilgan.
Nufuzli manbalardan fichajes.net saytiga ko‘ra, Kalafat “Qirollik klubi” rahbarini uch nafar frantsiyalik futbolchiga e’tibor qaratishga chaqirdi.
Uning ta’kidlashicha, Kastello Lukeba, Ibrohim Konate va Januel Balosyan o‘z salohiyatidan kelib chiqib, “Real”ning himoya chizig‘idagi muammolarni uzoq muddatga yopishi mumkin.
DefensaCentral nashrining yozishicha , Kastello Lukeba yosh bo‘lishiga qaramay, “Leyptsig”ning asosiy o‘yinchilaridan hisoblanadi.
“Liverpul”da to‘p tepayotgan Ibrohim Konate yuqori nufuzli musobaqalarda ishtirok etish tajribasiga ega va uning hali ochilmagan qirralari ko‘p.
19 yoshli Januel Belosyan frantsuz futboli kashfiyoti sifatida e’tirof etilgan va yozda “Bayer”ga ko‘chib o‘tdi.
Fikrlar