"Real"ga "Valensiya" etakchisi kerak

  • 11.09.2021 12:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi rahbariyati "Valensiya" yarim himoyachisi Karlos Solerga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Defensa Central nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “qirollik klubi” 24 yoshli futbolchini joriy qishki transferlar davrida qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Aytish kerakki, Solerga "Liverpul" ham xaridor hisoblanadi.

Karlos Soler joriy mavsum "Valensiya" safida jami 3 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Solerning “ko‘rshapalaklar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!