“Real”ga Xoland ham, Mbappe ham kerak emas. Zidanda zo‘r variant bor

  • 24 mart, 2021, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qirollik klubi” yozgi transferlar vaqtida to‘purar hujumchi sotib oladi. Anchadan beri madridliklar Kilian Mbappe va Erling Xolandga ko‘z tikayotgan edi.

Tecno

Endi Zinedin Zidan oldida yangi variant paydo bo‘ldi.

“Real” yozgi transfer vaqtida “Tottenxem”dan ketish payida yurgan Harri Keynni  olishga qaror qildi.

Madridliklar bu hujumchining transferi nisbatan arzon tushishiga ishonmoqda. Chunki Harrining agenti akasi Charli hisoblanadi va u transfer uchun katta ulush talab qilmaydi. To‘purar hujumchining o‘zi ham sovrinlar uchun kurashadigan jamoaga o‘tishni istamoqda.

Shuningdek, Florentino Peres Garet Beylni “Tottenxem”ga jo‘natib, londonliklar bilan do‘stona aloqa o‘rnatgani ham Harri Keyn transferida qo‘l kelishi mumkin.

Harri  Keynning “Tottenxem” bilan shartnomasi 2024 yilning yarmiga qadar davom etadi. Klub 27 yoshli hujumchini 150 million funtga baholagan.

Joriy mavsumda Keyin jami 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va 16 marta golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Axmedov
24/03/2021 14:34
Ичинадан тўқиб йозмай четда йозилган сайтлардагини ўз холича ўзбекчага перевод қилинглар бўлди қийналиб пашадан фил ясамай
&
kokand2006
24/03/2021 10:39
Hamma narsani yozuraslami
&
kokand2006
24/03/2021 10:39
Yolg'on