
“Real”ga yaqinda kelgan Endrik ketishga tayyorgarlik ko‘rib qo‘ydi
“Real” jamoasi yozda braziliyalik iqtidor egasi Endrikni tarkibga qo‘shib olgan edi. Bu futbolchi hujum chizig‘ida harakat qiladi.
Ispaniyaning AS nashri xabariga ko‘ra, Endrik qishki transferlar vaqtida jamoani tark etishga tayyorgarlik ko‘rib qo‘ydi.
Agar Endrik mavsumning birinchi yarmida o‘zi kutgan darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasa, “Qirollik klubi”ni tark etadi. Iste’dodli futbolchi Madridga kelishidan avval “Real” hujum chizig‘ida raqobat o‘ta kuchli ekanini bilgan.
Bugungi kunda madridliklar hujumida Kilian Mbappe, Vinisius Junior, Rodrigo Goes singari tajribali hujumchilar bor. Bundan tashqari, yarim himoyachilar orasida Arda Gyuler, Luka Modrich, Federiko Valverde, Braim Dias, Jud Bellingem kabi hujum qilishga usta o‘yinchilar ham bor.
“Real” Endrik uchun “Palmeyras”ga 47,5 million evro to‘ladi. O‘yinchining o‘zi bilan esa, 2030 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma tuzildi.
Fikrlar