“Real”ning 7 futbolchisi Alonso bilan xayrlashmadi
Ispaniyaning Marca nashri sinchkovlik bilan hisob-kitob qilib, Madriddning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso bilan kamida yetti nafar futbolchi xayrlashmaganini aniqladi.
Gap ijtimoiy tarmoqlardagi an'anaviy xayrlashuv postlari haqida ketmoqda.
Quyidagi futbolchilar bo‘lgan voqeaга hech qanday munosabat bildirishmagan:
Vinisius Zhunior, Eder Militao, Trent Aleksandr-Arnold, Mendi, Jud Bellingem, Braim Dias va Franko Mastantuono.
Shu bilan birga, Kilian Mbappe va yana ba'zi futbolchilar nafaqat munosabat bildirishgan, balki murabbiyga minnatdorchilik izhor etib, uning ketganidan afsuslanayotganlarini ham aytishgan.
Marca ta'kidlashicha, ushbu “ajoyib yettilik” ichidan faqat Braim Diasni oqilash mumkin. Chunki u hozir Marokash terma jamoasi uchun juda muhim bo‘lgan Afrika Millatlari kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun bor e'tiborini musobaqaga qaratgan.
Fikrlar