"Real"ning asosiy xavbeki 1-2 oy maydonga tusholmasligi mumkin

  • 09.11.2020 20:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" yarim himoyachisi Federiko Valverde jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Futbolchiga o‘ng oyog‘ining orqa suyagi yorilishi tashxisi qo‘yilgan. Hozircha uning qachon safga qaytishi noma’lum. Urugvaylik futbolchi “Valensiya”ga (4:1) qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.

AS nashriga ko‘ra, Federiko taxminan 1-2 oy maydonga tusha olmaydi. 22 yoshli Valverde joriy mavsum “Real” safida jami 11 ta o‘yinda ishtirok etdi va 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!