
"Real"ning eng sovrindor futbolchisi faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin
Leverkuzenning "Bayer" klubi "Real"ning sobiq himoyachisi Marseloga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Foot Mercato” nashri xabar bermoqda.
O‘tgan haftada Marselo faoliyatini Frantsiyaning “Nitstsa” jamoasida davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Shuningdek, 34 yoshli braziliyalik “Los-Anjeles”dan taklif olgani, biroq u Evropada qolish istagi borligini bildirgandi. "Montsa"dan himoyachiga ham qiziqish bildirilgan, qolaversa agentlar Marseloning xizmatlarini "Lion"ga ham taklif qilishgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, braziliyalik futbolchi yozda “Real”ni erkin agent sifatida tark etdi. U 2007 yildan buyon “qaymoqranglilar” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U "qirollik klubi"ning eng sovrindor futbolchisi hisoblanadi.
Fikrlar