“Real”ning etakchilaridan biri jarohatdan forig‘ bo‘ldi

  • 11.09.2024 18:10
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" markaziy himoyachisi Eder Militao jamoaning umumiy guruhi bilan mashg‘ulotlariga kirishdi.

Insayder Xose Feliks Dias xabar berishicha, braziliyalik futbolchi terma jamoada mushaklaridan olgan jarohatidan to‘liq tuzalgan va u “Real Sosedad”ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.

Hozirda “qirollik klubi” lazeretida David Alaba, Dani Sebalos, Jud Bellingem, Eduardo Kamavinga va Aurlien Tchoumenilar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!