“Real”ning ikki yulduzi boshqa jamoani kuchaytiradi

  • 14.04.2022 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” asosiy tarkibiga kirolmay kelayotgan Luka Yovich va Dani Sebalosga jiddiy klubdan taklif bo‘lmoqda. Italiyaning amaldagi chempioni “Inter” yozda har ikki o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyorligini bildirdi.

Madridlik bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelajakda bu o‘yinchilarga ehtiyoj yo‘qligini ta’kidlamoqda va klub yozda ularni sotib yuborishi kutilayotgan edi.

“Inter”ni boshqarayotgan Simeone Indzagi kelasi mavsum uchun jamoa tarkibini yangidan tuzmoqchi. Italiyalik mutaxassis bu jarayonda serbiyalik hujumchi va ispaniyalik yarim himoyachi yordamiga tayanishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!