“Real”ning ikki yulduzi urishib qoldi
Madridning “Real” jamoasi kiyinish xonasida ikki yulduz futbolchi oʻrtasida keskin tortishuv yuz berdi. Bu voqea La Liga doirasida “Levante”ga qarshi yaqinda boʻlib oʻtgan oʻyin tanaffusida sodir boʻlgani aytilyapti.
Janjallashgan oʻyinchilar kimligi oshkor etilmayapti. Maʼlum qilinishicha, futbolchilardan biri ikkinchisiga: “Sen gol ursang ham, yaxshi oʻynayotganing yoʻq”, - deb doʻq urgan.
Bu maʼlumotni jurnalist Xuanfre Sansga tayanib, The Touchline nashri keltirgan.
“Real” va “Levante” oʻrtasidagi uchrashuv 17 yanvarda boʻlib oʻtgan edi. Osha bahsning birinchi boʻlimida darvozalar daxlsizligi saqlanib qolgan. Ammo tanaffusdan keyin Mbappening penaltiidan urgan goli va Raul Asensioning aniq zarbasi “Real”ga 2:0 hisobida gʻalaba keltirgan.
Fikrlar