"Real"ning Mbappe borasidagi qarori o‘zgardi
"Real" PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolash borasida muzokaralarni davom ettirmoqda. Biroq, jarayon "qirollik klubi" kutganidek kechmayapti. Parijliklar rahbariyati 170 million evrolik taklifni ham rad etdi.
"Sky Sports" nashrining yozishicha, "Real" Mbappe uchun kurashda tanaffus qilmoqchi. Madridliklar yanvargacha kutib, keyin uning narxi pasayganda xarid qilish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, frantsuzning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsum futbolchi 3ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 2ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar