
“Real”ning Vinisiusga munosabati o‘zgardi, yangi shartnoma bo‘yicha muzokara to‘xtatildi
“Real” rahbariyati braziliyalik hujumchi Vinisius Junior bilan amaldagi shartnomani uzaytirish maqsadida muzokaralarga kirishgan edi.
Saudiya Arabistoni klublari 24 yoshli futbolchiga “hujum” qilayotgani bois, “Qirollik klubi” yangi bitim tuzish masalasini tezlashtirgandi. Lekin Vinisius klubning birinchi taklifini rad etdi va katta maosh so‘ray boshladi.
“Real” xo‘jayinlari muzokaralarni muzlatdi va o‘yinchi bilan yangi shartnoma masalasini 2026 yilning yozida, amaldagi bitim yakunlanishiga bir yil qolganda ko‘rib chiqadi.
Vinisiusning kelajagini hal qilish “Real” ixtiyorida. Chunki madridliklar 2027 yilning yozigacha tuzilgan shartnomada hujumchini olishni istagan klublar uchun bir milliard evro miqdorida badal puli belgilab qo‘ygan.
Tabiiyki, bunaqa summani hech kim to‘lolmaydi. Bu talabni bajaradigan klub topilgan taqdirida ham “Real” hech qanday ikkilanishsiz Vinisiusni qo‘yib yuborishi mumkin.
Fikrlar