
"Real"ning yana bir futbolchisi ijaraga ketdi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Martin Edegor yangi 2019/20 yilgi mavsumni "Reale Sosedad" safida ijarada o‘tkazadi. Bu haqda san-sebastyanliklar rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli norvegiyalik futbolchi o‘tgan mavsumni Gollandiyaning “Vitess” klubida ijarada o‘tkazdi va 39ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar