“Real”ning yangi rejasi bor

  • 31.05.2022 15:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chikago Fayr" darvozaboni Gabriel Slonina yozda "Real"ga o‘tishi mumkin. Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "qaymoqranglilar" 19 yoshli amerikalik futbolchining transferi bo‘yicha rasmiy taklifni tayyorlab qo‘ygan.

Slonina uchun yana bir da’vogar - Londonning "Chelsi" klubi. Transfer borasidagi sanktsiyalar bekor qilinganidan keyin londonliklar darvozabon borasidagi muzokaralarni yana qayta boshlashga tayyorligi aytilgan. Eslatib o‘tamiz, bugun "Chelsi"ga yangi xaridlar bo‘yicha qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi.

"Real" Madrid Sloninani asosiy darvozabon Tibo Kurtuaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!