
"Real"ning yangi yulduzi asosiy tarkib bilan mashg‘ulot o‘tkazmaydi
Tez kunlarda "Real Madrid" futbolchilari yig‘'in o‘tkazib, yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Goal portalining xabar berishicha, hujumkor yarim himoyachi Franko Mastantuonoga dastlab asosiy jamoa bilan shug‘ullanish taqiqlanadi. Ispaniya qonunchiligiga ko‘ra, Mastantuono "Real" asosiy tarkib futbolchisi sifatida faqat 18 yoshdan ish boshlashi mumkin. 14 avgustga qadar, ya’ni voyaga etgunga qadar argentinalik futbolchi alohida shug‘ullanadi.
"Real" Franko Mastantuononi "River Pleyt" klubidan sotib oldi. Matbuotda transfer Madrid superklubiga 45 million evroga tushgani haqida yozishdi.
Iyun oyida Mastantuono Argentina terma jamoasi safida debyut qilgan edi.
Fikrlar