Remsdeyl Kurtua natijasini takrorladi
"Arsenal" posboni Aaron Remsdeyl "Liverpul"ga qarshi o‘yinda uddalash qiyin bo‘lgan natija qayd etdi. Gap shundaki, angliyalik posbon 2021 yil apreldan so‘ng "Enfild"da quruq o‘yin o‘tkazgan dastlabki darvozabonga aylandi.
So‘nggi marotaba bunday sharafga "Real" Madrid kiperi Tibo Kurtua sazovor bo‘lgandi. O‘shanda madridliklar "Liverpul" bilan 0:0 hisobidagi durangga imzo chekkandi.
Statistikaga ko‘ra, Aaron "kanonirlar" bilan barcha turnirlar doirasida 21 uchrashuv o‘tkazib, 12 ta quruq o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar