Remzi "Yuventus" bilan chempionlikni nishonlash uchun Turinga keldi

  • 18.05.2019 16:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Arsenal” klubi yarim himoyachisi Aaron Remzi bo‘lajak jamoasi – “Yuventus”ning chempionlik uchrashuvida ishtirok etish uchun Turinga uchib keldi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli uelslik futbolchi qishda “keksa sinora” bilan kelishuvga erishgan edi. Unga ko‘ra Remzi mavsum yakunlangach “Yuve” safiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi.

Ma’lumot uchun, “Yuventus” – “Atalanta” bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:30da boshlanadi. Ushbu o‘yindan so‘ng turinliklar chempionlikni nishonlashlari rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!