Reshford "El-klasiko"ga "Barsa"ni tayyorligi haqida gapirdi
"El-klasiko" oldidan "Barselona" hujumchisi Markus Reshford jamoaning holati va kayfiyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. La Liga 10-turidan o‘rin olgan "Real" - "Barselona" uchrashuvi yakshanba kuni "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadi.
"Hozir eng zo‘r sport sport formamizda emasmiz, lekin shunda ham jismoniy holatimiz yaxshi. Biz o‘zimizning eng yaxshi versiyamizni ko‘rsatish uchun ishlashda davom etishimiz kerak. Shunday qilsak, dunyodagi eng yaxshi jamoalardan biriga aylanamiz.
Biz ijobiy kayfiyatni saqlab qolishni istaymiz va buni amalga oshirishning eng yaxshi usuli ko‘plab gollar bilan [Olimpiakos ustidan - 6:1] g‘alaba qozonish edi", - dedi "Barselona" forvardi.
Fikrlar