Reshford Evropa chempionatini o‘tkazib yuboradimi?
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford Angliya Kubogi 1/32 final doirasi "Vulverxempton"ga qarshi o‘yinda olgan jarohatidan so‘ng maydonga tushgani yo‘q.
"Qizil iblislar" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsherning ta’kidlashicha, 22 yoshli angliyalik futbolchi yana bir necha oy davomida tiklanish jarayonini o‘taydi.
"Markus bu mavsumda yana maydonga tushishiga umid qilaman. Ammo uning tiklanishi uchun vaqt talab qilinadi. Men shifokor emasman, uning holati bo‘yicha tashxis qo‘ya olmayman.
Reshford yana bir necha mavsum maydonga tusha olmaydi. Agar uning tiklanish jarayoni ko‘ngildagidek davom etmasa, unda u Evropa chempionatini ham o‘tkazib yuborishi mumkin", - deydi Sulsher.

Fikrlar