Reshford: "Imkonsiz ishni o‘zi yo‘q"
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford mavsum yakunida "qizil iblislar"ning top-4 likka kirish imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi.
"Bu oson bo‘lmaydi, ammo ilojsiz ishning o‘zi yo‘q. Boshqa jamoalarning natijasiga e’tibor qaratmasligimiz kerak.
Biz bor diqqat e’tiborimizni o‘zimizning o‘yinimizga qaratishimiz shart, shundagina o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etishimiz mumkin.
"Old Trafford" - o‘zgacha maydon. Bu erda xech bir raqibga oson bo‘lmaydi, ayniqsa bizning muhlislar bizni qo‘llab-quvvatlab turganda. Agar biz o‘zimizni o‘yinimizni namoyish eta olsak, bizni to‘xtatish juda qiyin bo‘ladi," - deydi Reshford.

Fikrlar