Reshford: "Maydonga chiqishni intizorlik bilan kutyapman"
"Barselona" vingeri Markus Reshford "Kamp Nou" stadioni haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Kamp Nou" juda ajoyib stadion. Ayniqsa u muxlislar bilan to‘lganda aqlbovar qilmas darajaga etadi. Ushbu arena men o‘ynashni istagan stadionlarim orasida eng yaxshisi. Biroq "Barselona" safida o‘ynash yanada boshqacha tuyg‘u bo‘ladi. Maydonga chiqishni intizorlik bilan kutyapman va bundan juda ham xursand bo‘laman", - dedi angliyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, "ko‘k-anorranglilar"ning uy stadionida 2023 yilning yozida ta’mirlash ishlari boshlangan edi.
Fikrlar