Reshford nihoyat uddaladi
APL 6-turining so‘nggi o‘yinida “Manchester Yunayted” o‘z maydonida mavsumning dastlabki beshta o‘yinida ham g‘alaba qozongan jamoa – Londonning “Arsenal” klubini qabul qildi – 3:1. Ushbu o‘yinda hisob 30-daqiqada ochildi va buni "Manchester Yunayted"ning yangi futbolchisi braziliyalik Antoni amalga oshirdi. Futbolchining goliga Markus Reshford assistentlik qildi.
Ikkinchi bo‘limda esa Markusning o‘zi ishga kirishdi. U ikkita gol urdi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Bu Reshford uchun 2020 yilning dekabridan keyingi dastlabki dubl bo‘ldi. O‘sha yili forvard “Sheffild Yunayted” darvozasini ikki bor ishg‘ol qilishni uddalagan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Angliya chempionatining 7-turida “Manchester Yunayted” safarda “Kristal Pelas”ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar