Riberi faoliyatini yakunlagach yana "Bavariya"ga qaytadi

  • 7 may, 2019, 20:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” klubi vingeri Frank Riberi myunxenliklar safidan ketgach faoliyatini yakunlamoqchi emasligini aytdi.

“Menda bir nechta takliflar bor, ammo hozir qaerda o‘ynashim haqida gapirishga erta. Men yana bir yoki ikki yil o‘ynayman, keyin esa yana “Bavariya”ga qaytaman. Biz bu haqda klub rahbariyati bilan gaplashib olganmiz”, - deydi Riberi.

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli frantsiyalik futbolchi “Bavariya” safida 2007 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!