Rio Olimpiadasi chempioni doping testdan o‘ta olmadi
Dzyudo bo‘yicha Rio Olimpiadasi chempioni Rafaela Silva Pan Amerika o‘yinlari oldidan doping-testdan o‘ta olmadi, deb xabar beradi Globo Esporte. 9-avgustdagi braziliyalikning namunasidan fenoterol preparati topilgan.
Silvaning so‘zlariga ko‘ra taqiqlangan modda uning tanasiga tasodifan kirib kelgan.
Ma’lumot uchun, Rafaela Silva 2016 yilgi Rio Olimpiadasida 57 kg vaznda oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar