
Rivaldo: "Barselona" hali Suaresning gollariga zor bo‘ladi
Braziliyalik afsonaviy futbolchi Rivaldo urugvaylik forvard Luis Suaresning “Atletiko”ga o‘tgani haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Antuan Grizmann "Vilyarreal" ga qarshi o‘yinda markaziy hujumchi bo‘ladi. Bu qanday ishlashini hozircha bilmaymiz, ammo bu yaxshi natija bergan taqdirda ham, jamoa yangi forvard bilan shartnoma imzolashi kerak.
"Barselona"ga Suaresning gollari etishmaydi, ammo Kuman yangi tizim uchun reja tuzishi kerak. Suaresni qo‘yib yuborish uning qarori edi”, - dedi Rivaldo.
Fikrlar