Asosiy mazmunga oʻtish

Riyod-2025 VI Islom birdamligi o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Riyod-2025 O‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 29 ta oltin, 35 ta kumush va 32 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri mezbonlik qilgan Islom birdamligi o‘yinlari rasman yakuniga etdi. Kechki dasturda tantanali yopilish marosimi o‘tkazilib, mezbonlar barcha ishtirokchi davlatlarga minnatdorlik izhor etdilar.

Shuningdek, marosimda Islom birdamligi sport assotsiasiyasi bayrog‘i navbatdagi O‘yinlarni o‘tkazadigan Malayziyaga tantanali ravishda topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Riyod-2025 O‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 29 ta oltin, 35 ta kumush va 32 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q