Asosiy mazmunga oʻtish

O'zbek sporti

Riyod-2026 Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari boshqa muddatga qoldirildi

Javohir Malikov
Izohlar: 0

28 noyabr – 7 dekabr kunlari VI Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi

Joriy yilning 28 noyabr – 7 dekabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda VI Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) musobaqa qoldirilganini eʼlon qildi.

Yangilangan taqvimga koʻra, mazkur musobaqa 2027 yilning 28 mart – 8 aprel kunlari oraligʻida Ar-Riyod shahrida oʻtkaziladi. Tashkilotchilar maʼlumotiga koʻra, taqvimlar va tashkiliy jarayonlarni oʻzaro muvofiqlashtirish, shuningdek, musobaqada imkon qadar keng ishtirokni taʼminlash maqsadida Riyoddagi oʻyinlar keyinroqka surilgan.

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q