Road to Qatar: SPORTS.uz jurnalisti Qatardagi jahon chempionati tomon avtomobilda yo‘lga chiqdi

  • 8 noyabr, 2022, 16:50
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz jurnalisti Azamat Umarov O‘zbekiston turizm vazirligi bilan hamkorlikda tashkil qilingan avtomobillar kortejida Qatardagi jahon chempionati uchun yo‘lga chiqqan. 89

Ushbu safardan asosiy maqsad turistlarni O‘zbekistonga jalb qilishdir. Samarqanddan yo‘lga chiqqan kortej ayni paytda Qozog‘istonga bo‘lib turibdi. U erdan dengiz yo‘li orqali Ozarbayjon poytaxtiga va Baku shahridan Eronga yo‘lga chiqadi. Erondan yana dengiz yo‘li orqali Birlashgan Arab Amirliklariga borishadi. BAAdan esa Saudiya Arabistoniga va nihoyat u erdan Qatarga etib borishadi.

 
 
 
 
 
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Publikatsiya ot SPORTS.uz (@sports.uz)

 

 

Safar yo‘nalishi quyidagicha:

Toshkent
Samarqand
Buxoro
Nukus
Aktau (Qozog‘iston)
Baku (Ozarbayjon)
Tehron (Eron)
Isfahon (Eron)
Bandar Abbas (Eron)
Dubay (BAA)
Abu Dabi (BAA)
Dammam (Saudiya Arabiston)
Doxa (Qatar)

 

 
 
 
 
 
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Publikatsiya ot Azamat Odilovich Umarov (@azamat.odilovich)

Safarning masofasi taxminan 8 ming km atrofida bo‘lsa, sarflanadigan vaqt esa 12-15 kunni tashkil qiladi. SPORTS.uz saytining barcha ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini kuzatib boring. Insagram, Telegram, va You Tube orqali sizlarga safardan qiziqarli ma’lumotlar berib boramiz. Shuningdek, sizlarga jahon chempionatidan fotogalereya va ajoyib videolar joylab boramiz. 

Kuzating, boisi, SPORTS.uz bu safar o‘zgacha ishlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!