Robert Levandovski afsonaviy Gerd Myuller natijasini takrorladi
Kecha Germaniya Bundesligasi 20-turi doirasida "Bavariya" "Maynts" bilan bahs olib bordi. Uchrashuvda myunxenliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
O‘yindagi "Bavariya"ning birinchi goliga Robert Levandovski mualliflik qildi. Bu 31 yoshli polshalik futbolchi uchun mavsumdagi 22-gol sifatida qayd etildi.
Shunday qilib, Levandovski 1972-yilda afsonaviy Gerd Myuller qayd etgan 20 ta o‘yinda 22 ta gollik natijani takrorladi.
Yana Levandovski myunxenliklar tarkibida o‘zining 150-golini kiritdi. Bunday natijani Bundesligada sakkizta futbolchi uddalay olgan. "Bavariya" libosida esa bu ishni faqat Gerd Myuller va Karl-Xaynts Rummenigge bajara olgan. Ammo ular bu uchun polshalikdan ko‘ra ko‘proq o‘yin o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan.

Fikrlar