Robert Levandovski: “Real”ni bu safar dog‘da qoldirishga harakat qilamiz
Germaniyaning “Bavariya” klubi Robekrt Levandovski EChL qur’asi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
- Mazkur qur’a bizga qiyin raqibni ro‘baro qildi. Ammo bu bosqichgacha oddiy jamoa etib kelmaydi. Shuning uchun raqibning chorak finalda raqib kim bo‘lishining ahamiyati yo‘q. Bu gal “Real”ni dog‘da qoldirishga harakat qilamiz. Chunki “qirollik klubi”dan “o‘ch” olishimiz kerak, - deydi Levandovski.

Eslatib o‘tamiz, tomonlarning birinchi bahsi 12 aprel kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar