Roberto Manchini "Al-Sadd" bosh murabbiyi etib tayinlandi
Qatarning "Al-Sadd" klubi italiyalik mutaxassis Roberto Manchinining bosh murabbiy sifatida tayinlanganini rasman e’lon qildi.
60 yoshli Manchini ilgari "Zenit", "Inter", "Manchester Siti" hamda Italiya terma jamoasini boshqargan. U "Al-Sadd" bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi.
Manchinining so‘nggi ish joyi Saudiya Arabistoni terma jamoasi bo‘lgan — u bu jamoani 2023 yil avgustidan 2024 yil oktyabrigacha boshqargan.


Fikrlar