Roberto: "Umid qilamanki, Messi qaytadi"
"Barselona" - "Real" uchrashuvidan keyin Roberto o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U sobiq jamoadoshi Messi haqida gapirdi.
"Umid qilamanki, Leo qaytadi. Biz uni kutmoqdamiz. Messi Parijdagi munoasabatlarga loyiq emas. Uni "Barsa" da ko‘rishni xohlaymiz", - dedi ispaniyalik yarim himoyachi.
Roberto "el-klasiko"da gol urib, klubining g‘alabasi uchun katta hissa qo‘shdi. Messining kelajagi esa so‘roq ostida qolmoqda. Fabritsio Romanoning xabar berishicha, argentinalik hujumchi PSJning keyingi mavsum loyihasini o‘rganib chiqqanidan keyin qaror qabul qiladi. U kamida yana bir yil Evropada qolmoqchi.
Fikrlar