Robertson: "Oldinga bir qadam, orqaga yana ikki qadam tashladik"
"Liverpul" himoyachisi Endryu Robertson APLning 18-turi doirasidagi "Brentford"ga (1:3) qarshi uchrashuvdan so‘ng jamoadoshlarining o‘yinidan norozi bo‘ldi. U muxlislarga mag‘lubiyat sabablarini aytdi.
"Bu muxlislar uchun yaxshi holat emas. Biz tez-tez barqarorlik haqida gapiryapmiz-u, lekin amalda buni ko‘rsatolmayapmiz. Oldinga bir qadam, orqaga yana ikki qadam tashladik. Bu sur’atda turnir jadvalining yuqori pog‘onasiga qaytishning iloji yo‘q", - deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi "BBC Sport".
Eslatib o‘tamiz, "Brentford" "Liverpul"ning to‘rt o‘yindan iborat g‘alabali seriyasiga barham berdi va ayni damda 26 ochko bilan APL turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi. "Liverpul" esa 28 ochko bilan oltinchi o‘rinni band etgan.

Fikrlar