Rodri ham Ispaniya terma jamoasiga yordam bera olmaydi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri joriy oyda Ispaniya terma jamoasi safida maydonga tusha olmaydi.
3 oktyabr kuni e’lon qilingan tarkibda u bor edi, ammo 5 oktyabrda APLning 7-turida "Brentford"ga qarshi o‘yinning (1:0) 19-daqiqasida jarohat oldi. Hujum markazida to‘pga etishishga uringan paytida u tan jarohatiga uchradi.
Ispaniya futbol federatsiyasi ma’lum qilishicha, "Manchester Siti" jo‘natgan tibbiy ma’lumotlar asosida Rodrida jarohat aniqlangan. Shuning uchun u JCh-2026 saralash bahslarida — Gruziya va Bolgariyaga qarshi o‘yinlarga chaqirilmadi.
Fikrlar