Rodrigo va Militão mashgʻulotlarga qaytdi

  • 26.09.2026 16:52
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» tarkibida to‘p suradigan braziliyalik futbolchilar Eder Militao va Rodrigo yana jamoa bilan umumiy mashg‘ulotlarga qo‘shildi. Bu haqida nashr MARCA xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, xalqaro o‘yinlar uchun tanaffus davrida «Real» futbolchilarining bir qismiga bir necha kunlik dam berilgan. Biroq ba’zi o‘yinchilar uchun bu vaqt tiklanish va jismoniy holatni oshirish maqsadida maxsus mashg‘ulotlar bilan o‘tadi. Shu doirada kelasi hafta davomida Militao, Rodrigo va Mendi alohida dastur asosida ishlaydi, ularning to‘liq tiklanishi ustida ish olib boriladi.

Joriy mavsumda 28 yoshli Militao hali beror marta maydonga tushgani yo‘q. Xalqaro tanaffusdan so‘ng «Real»ning birinchi uchrashuvi 10 oktabr kuni «Vilyarreal»ga qarshi bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!