
"Roland Garros". Shvartsman - Tim bahsi 5 soatdan uzoqroq davom etdi
"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Roland Garros" turnirida chorak finalning dastlabki kun bahslari o‘tkazildi. Tennis olami muxlislari ortda qolgan bahslar ichida eng qiziqarli kechgan uchrashuvga guvoh bo‘ldi.
Musobaqaning 3-tartib raqam ostida saralangan raketka ustasi avstriyalik Dominik Tim argentinalik raqibi Diego Shvartsmanga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Dramatik kechgan uchrashuvning dastlabki seti tay-brekda 12-tartib raqamli Shvartsman foydasiga hal bo‘ldi. Keyingi ikki setni Tim yutib olgan bo‘lsa-da, chempionlik uchun asosiy da’vogarlar safida e’tirof etilayotgan tennischi dahshatli kambek qurboniga aylandi. 4-setni tay-brekda o‘z nomiga yozdirib, tarozi pallalarini tenglashtirgan Shvartsman hal qiluvchi setda kuchliroq asablarga ega ekanligini isbotladi.
5 soat, 8 daqiqa davom etgan bellashuv Shvartsmanning 7:6(7:1), 5:7, 6:7(6:8), 7:6,(7:5), 6:2 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan yakunlandi.
Fikrlar