“Roma” Abraxamni sotishga qaror qildi

  • 30.11.2022 16:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

O‘tgan yili yozda “Chelsi”dan 40 million evroga xarid qilingan Temmi Abraxam debyut mavsumida 53 ta uchrashuvda 27 ta to‘p kiritib, “Roma” rahbariyati ishonchini oqlagandi.

Lekin angliyalik hujumchining joriy mavsumdagi harakatlari Joze Mourinonini qoniqtirmayapti.

Calciomercato nashrining ma’lum qilishicha, klub Temmi Abraxamdan voz kechishga qaror qilgan. 25 yoshli futbolchi yozda sotib yuborilishi kutilyapti.

“Chelsi”da 2023 yilning yozida o‘z tarbiyalanuvchisini 80 million evroga qayta sotib olish huquqi bor. Lekin “aristokratlar” hujumchining hozirgi holatida unga buncha pul sarflamaydi.

Eng maqbul variant sifatida “Aston Villa” nomi tilga olinmoqda. Abraxamning transfer summasi 45 million evroga baholanyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!