"Roma" APLdan hujumchi olib keladi
"Brayton" markaziy hujumchisi Evan Fergyuson "Roma"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "bo‘rilar" 20 yoshli futbolchining ijarasi bo‘yicha muzoakaralarni davom ettirmoqda. Ta’kidlanishicha, "Brayton" Fergyuson bo‘yicha takliflarga ochiq. "Roma" futbolchining maoshini to‘liq qoplaydi. Fergyuson o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Vest Xem"da ijara asosida o‘tkazdi.
Bu davr mobaynida u bor-yo‘g‘i sakkizta o‘yinda maydonga tushdi va birorta ham gol ura olmadi. Transfermarkt ekspertlari forvardning narxini 25 million evroga baholfamoqda.



Fikrlar