“Roma” bilan xayrlashmasam bo‘lmaydi!

  • 30 iyul, 2022, 23:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” tarbiyalanuvchisi Raul Morichelli klub bilan xayrlashishga qaror qildi. Bu futbolchi 12 yoshidan beri poytaxtliklar tizimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

“Roma”ning avvalgi bosh murabbiyi uni 2020-2021 yilgi mavsumda Evropa ligasi chorak finalida “Ayaks”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushirgandi.

Biroq, jamoani Joze Mourino qabul qilib olganidan keyin iste’dodli futbolchi asosiy tarkibdan chet qoldi.

20 yoshli Raul Gretsiyaning PAOK jamoasi bilan to‘rt yillik shartnomaga kelishdi.

Raul Morichelli ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali “Roma” muxlislari bilan xayrlashib, “bo‘rilar” tarkibidagi faoliyatini unutmasligini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!