"Roma" Bundesliga klubidan futbolchi olmoqchi

  • 23.03.2022 01:10
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

"Hoffenhaym" yarim himoyachisi Florian Grillich mavsum so‘ngida klubini o‘zgartirishi mumkin.

Unga A Seriyaning ikki grandi "Inter" hamda "Roma"dan qiziqish bor. Har ikki da’vogar uni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

Uning klub bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi. 26 yoshli futbolchining "Transfermarkt" portalidagi bahosi 16 million evroga teng.

Grillich nemis klubi tarkibiga 2017 yilda "Verder"dan kelib qo‘shilgan. Bu vaqt oralig‘ida u 150 uchrashuvda maydonga tushib, 8 gol va 11 assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!