“Roma” Evrokuboklardan chetlatilishi mumkin!

  • 23.08.2022 18:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa futboli mas’ul tashkilot – UEFA 20 ta klubning moliyaviy feyr-pleyni buzganligi ehtimolidan kelib chiqib, tekshiruv o‘tkaza boshladi. Bu klublar 2020-2021 yilgi mavsumdagi faoliyati bo‘yicha tekshiriladi.

The Times nashrining xabar berishicha, “Roma”, “Barselona”, “Yuventus” va “Milan”ni boshqalarga qaraganda og‘irroq jazo kutmoqda.

Xususan, klublar aybi isbotlansa, ularga UEFA shafe’ligida o‘tkaziladigan turnirlardan chetlatish yoki transfer va boshqa operatsiyalarga cheklov qo‘llanilaniladi.

Shu o‘rinda, “Barselona” va “Yuventus” Evropa Superligasi loyihasi bo‘yicha hamon UEFA bilan yuridik kurashni davom ettirmoqda. Superliga loyihasi o‘rtaga tashlanganidan beri bu klublarning xalqaro tashkilot bilan munosabatlari sezilarli darajada og‘irlashgan.

UEFA tomonidan tekshirilayotgan va jazoga tortilishi mumkin bo‘lgan klublar orasida “Arsenal”, PSJ va “Marsel” klublari nomi ham zikr  etilmoqda. Shu o‘rinda, frantsuz klublariga qo‘llaniladigan jazolar faqat iqtisodiy masalada bo‘lishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!