
“Roma” o‘yinchisini zarariga sotadi
Gvineyalik legioner Amadu Diavara o‘tgan mavsum “Roma” tarkibiga kira olmadi. Joze Mourino uni sakkizta uchrashuvda sinab ko‘rgan bo‘lsa-da, 24 yoshli o‘yinchi birorta samarali harakatni amalga oshira olmadi.
Tabiiyki, murabbiylar shtabi unga kelasi mavsum ham asosiy tarkibdan joy bermaydi. Rahbariyat yangi transferlarga qo‘shima pul topish uchun Joze Mourinoga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilarni sotib yuborishga harakat qilmoqda.
Xuddi shu tariqa, Diavara ham sotib yuboriladi. Bu o‘yinchiga A Seriyaning boshqa vakili – “Udineze”dan jiddiy chorlov bo‘lyapti.
2019 yilda “Roma” Diavarani “Napoli”dan 21 million evroga olgan edi. Hozirga kelib, yarim himoyachining transfer narxi 6 million evroga tushib qolgan.
Fikrlar