Chempion jamoa “Roma”dan futbolchi olmoqchi!

  • 20 iyul, 2022, 22:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” markaziy yarim himoyachisi Jordan Veretu faoliyatini Italiyaning amaldagi chempioni “Milan” safida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Joze Mourino ishonch bildirgisi kelmayotgan frantsiyalik legionerga Angliya va Frantsiya klublaridan chorlovlar bo‘lmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Milan” klubi rahbariyati 29 yoshli yarim himoyachi bo‘yicha Rim klubi rasmiy taklif tayyorlamoqda.

Veretuning transferini 17-20 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga hal qilish mumkin. Jordanning “Roma” bilan yana ikki yillik shartnomasi bor.

O‘tgan mavsumda Veretu rimlik “bo‘rilar” tarkibida 49 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga to‘rtta gol va to‘qqizta assist yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!