
“Roma” futbolchisi besh yildan so‘ng terma jamoadan taklif oldi
“Roma” o‘ng qanot himoyachisi Rik Karsdorp Niderlandiya terma jamoasiga qaytadigan bo‘ldi. Bosh murabbiy Lui van Gal 27 yoshli o‘yinchini iyun oyida Millatlar ligasi doirasidagi uchrashuvlarga taklif qilgan.
Karsdorp 2017 yildan beri mamlakat bosh jamoasiga chaqirilmayotgan edi. Rik ishtirok etgan so‘nggi o‘yinda niderlandiyaliklar Bolgariya terma jamoasiga 0:2 hisobida yutqazgandi.
Lui van Gal shogirdlari Millatlar ligasi doirasida Belgiya, Uels va Polsha bilan raqobatlashadi.
Rik Karsdorp aslida “Feyenoord” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Rimliklar uni 2017 yili 16 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan.
Bu mavsum Karsdorp barcha turnirlarda 47 ta o‘yin o‘tkazib, ettita golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar