“Roma” gapga ko‘nmadi

  • 24 dekabr, 2022, 08:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto qishki transferlar vaqtida bir necha futbolchilar, xususan, bosh murabbiy Joze Mourino bilan kelisha olmay qolgan niderlandiyalik himoyachi Rik Karsdorpni ham sotib yubormoqchi.

Tecno

Rimliklarga bu futbolchini so‘rab, “Yuventus” bir necha bor murojaat qildi. Dastlab, turinliklarning ijara haqidagi so‘rovi qabul qilinmadi.

Keyinroq, “Yuventus” rahbariyati “Roma”ga Rik Karsdorpni berib, o‘rniga Mattia de Shiloni olishni taklif qildi.

SportMediaset nashrining xabar berishicha, Tyagu Pinto turinliklarning bu variantini ham rad etdi. “Roma” Karsdorpni 10-12 million evroga sotib yuborib, undan to‘liq qutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!