Asosiy mazmunga oʻtish

"Roma" Grinvud uchun 40 million yevro taklif qilmoqchi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Grinvud Italiya klubida yiliga 4 million yevro maosh oladi va qo‘shimcha bonuslarga ham ega bo‘ladi.

"Roma" "Marsel" vingeri Meyson Grinvud transferi ustida ish olib bormoqda.

Corriere Dello Sport ma'lumotiga ko‘ra, Rim klubi angliyalik futbolchi uchun bonuslar bilan birga taxminan 40 million yevro taklif qilishga tayyor.

Biroq "Marsel" o‘z futbolchisini 55 million yevroga baholamoqda va bonuslarni ham shu summa ichiga kiritgan.

Shuningdek, rimliklar Grinvudning otasi bilan ijobiy muzokaralar o‘tkazayotgani xabar qilinmoqda. Futbolchining otasi uning agenti hisoblanadi.

Agar transfer amalga oshsa, Grinvud Italiya klubida yiliga 4 million yevro maosh oladi va qo‘shimcha bonuslarga ham ega bo‘ladi.

O‘tgan mavsumda vinger Liga 1 doirasida 32 ta o‘yinda ishtirok etib, 16 ta gol urdi (ularning 6 tasi penaltiidan) hamda 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q