“Roma” kutilmagan o‘yinchiga ko‘z tikdi
Calciomercato nashrining xabar berishicha, “Roma” sport direktori Tyagu Pinto jamoa himoyachisini kuchaytirish uchun kutilmagan nomzod topdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, bu mutaxassis bosh murabbiy Joze Mourinoga marokashlik Ashraf Darini olib kelib bermoqchi.
Ashraf Dari 2018 yildan beri Marokashning “Vidad” jamoasi asosiy tarkibida to‘p tepib keladi. 23 yoshli himoyachi jamoasi bilan Afrika Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lganidan keyin unga e’tibor kuchaydi.
Bu futbolchi markaziy himoya, tayanch zona va o‘ng qanotda samarali o‘ynay oladi. Ashraf mavsumda 35 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qildi.
Tyagu Pinto Ashraf Darini Marash Kumbullaga o‘rinbosar bo‘ladi, degan fikrda. Chunki albaniyalik himoyachini bir necha katta klublar nishonga olgan va uni sotib yuborish klub g‘aznasiga mumay daromad keltiradi.
“Roma” Ashraf Darining transferini 1,2 million evroga hal qilishi mumkin.

Fikrlar