
“Roma” hujumchisi: Ketishim kerak bo‘lgan vaqt kelganini bildim!
“Chelsi” tarbiyalanuvchisi Temmi Abraxamning “Roma”ga o‘tishi uning faoliyatida juda katta ijobiy burilish yasadi.
Angliyaning hujumchi oldida “Arsenal” varianti ham bor edi. Biroq, Joze Mourino 24 yoshli forvardni katta tavakkal qilib, Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirgan.
Har holda natija yomon bo‘lmadi. Temmi Abraxam kuchli beshlik chempionatlarida eng ko‘p gol urayotgan angliyalik futbolchiga aylandi. Rimdagi muvaffaqiyatlari ortidan Angliya terma jamoasiga qaytarildi va shu yil oxirida Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatiga ega.
Temmi Abraxam “Chelsi”dan ketishiga sabab bo‘lgan omillar haqida gapirib berdi.
- “Chelsi”da yurgan paytim, u yoki bu o‘yinchining olib kelinishi haqida ko‘p eshitardim. Ayniqsa, Romelu Lukakuning kelishi haqida gap-so‘zlar paydo bo‘lgach, klubdan ketishim kerak bo‘lgan vaqt kelganini bildim.
Menda “Chelsi”dan ketib, ular meni o‘ynatmay xato qilganini isbotlab qo‘yish istagi paydo bo‘ldi, - dedi Temmi Abraxam.
Temmi Abraxam “Chelsi”ni quruq tark etgani yo‘q. Iste’dodli hujumchi “aristokratlar” safda Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogi sohibi bo‘ldi.
Temmi Abraxam “Roma”ga o‘tganidan beri barcha turnirlarda 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 26 ta gol va to‘rtta assist yozdirib qo‘ydi.
Ayni paytda angliyalik hujumchiga “Arsenal”, “Tottenxem”, “Manchester Yunayted” va “Chelsi”ning o‘zidan jiddiy chorlovlar bo‘lyapti.
Mourinoga “Yunayted”ning uch futbolchisi kerak!
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Manchester Yunayted”ga kerak bo‘lmay qolgan uch nafar futbolchini yozda Rimga olib kelishga urinmoqda.
Corriere dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis sobiq shogirdlari – Nemanya Matich, Erik Bayi va Diogu Dalot “bo‘rilar” safini kuchaytira olishiga ishonch bildirmoqda.
Nemanya Matich yaqinda manchesterliklarni jamoadan ketishi haqida ogohlantirdi. Erik Bayi va Diogu Dalot ham etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani uchun klubdan ketishga tayyor.
“Manchester Yunayted” xo‘jayinlari bosh murabbiy sifatida Erik ten Xagni tanlaganidan keyin niderlanliyalik mutaxassisga transfer siyosatini yuritish vakolatini ham topshirdi. Ma’lumotlarga qaraganda, ten Xag o‘nga yaqin futbolchi bilan xayrlashib, ularning o‘rniga o‘z taktikasi va talablariga mos tushadigan ijrochilarni olib kelishni rejalashtirmoqda.
Mourino nishonida turgan uch futbolchi esa yangi bosh murabbiyning rejalariga kiritilmagan. Klub ularni qo‘yib yuborishga tayyor.
“Roma” raqibida yo‘qotish
5 may kuni “Roma” Konferentsiyalar ligasi yarim final javob uchrashuvida “Lester” futbolchilarini qabul qiladi.
Bu jamoalarning Angliyada o‘tkazilgan birinchi uchrashuvida 1:1 hisobida durang qayd etildi va bu natija rimliklarning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini oshiradi.
Ma’lumotlarga qaraganda, muhim o‘yin oldidan “Lester”da muammo yuzaga keldi. Jamoaning ikki etakchi o‘yinchisi Jeyms Meddison va Kirnan Dyusberi-Xoll Angliya premer-ligasi doirasida o‘tkazilgan so‘nggi uchrashuvda jarohat olgan.
Hozircha, har ikki futbolchining “Olimpiko”da bo‘ladigan bahsda ishtirok etishi so‘roq ostida turibdi. 25 yoshli Meddison bu mavsum barcha turnirlarda 48 ta bellashuvda o‘z hisobiga 14 ta gol va to‘qqizta assist yozdirib qo‘ydi.
23 yoshli Dyusberi-Xoll hisobida esa, 38 ta uchrashuvda kiritilgan uchta gol va ikkita golli uzatma bor.
Gol urish mana bunaqa bo‘ladi! O‘zbek legioneri birinchi xet—trikni qayd etdi!
Shomurodovni ham o‘ynatib ko‘rdik, biroq... Mourino legionerimiz haqida ham gapirdi
Fikrlar