
“Roma” Husanov jamoasidan o‘yinchi olmoqchi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovni Turkiya chempionatiga ijaraga jo‘natgan “Roma” tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.
Calcio Mercato nashrining ma’lum qilishicha, rimliklar “Manchester Siti”dan yosh hujumkor futbolchi Klaudio Echeverrini olib kelmoqchi.
Manbaga ko‘ra, ayni paytda tomonlar o‘rtasida muzokara qizg‘in davom etmoqda. “Roma” 19 yoshli argentinalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. Bundan tashqari, uzoq muddatli ijara varianti ham o‘rtaga tashlangan.
“Manchester Siti” Klaudio Echeverrini 2024 yilning boshida xarid qilgan bo‘lsa-da, bir yil “River Pleyt”da qoldirgan edi.
Echeverri Manchesterga kelganidan keyin “shaharliklar” tarkibida bor-yo‘g‘i uchta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar